Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqichi 1-tur uchrashuvlarining qolganlari 16-sentabr kuni o‘z nihoyasiga yetdi. Ularda turli xil natijalar qayd etildi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Jumladan, Kataloniyaning “Barselona” jamoasi safarda “Roma” bilan durang o‘ynadi. Dastlab, o‘yinning 21-daqiqasida Suares hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 10 daqiqa o‘tgach Florensi javob golini kiritib, yakuniy — 1:1 natijani o‘rnatdi.
“Chelsi” o‘z maydonida “Makkabi”ni yirik — 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Londonliklar safida gollarga Villian, Oskar, Diyego Kosta hamda Fabregaslar mualliflik qildi. “Bavariya” Gretsiyada “Olimpiakos” darvozasiga javobsiz uchta gol kiritdi. Myunxenliklar safida Tomas Myuller dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, yana bitta golni Mario Getse o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Londonning “Arsenal” jamoasi Zagrebda “Dinamo”ga yutqazib qo‘ydi. Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi esa, “Valensiya”ni Ispaniyada yengishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)