Facebook vakillari va Germaniya hukumati ijtimoiy tarmoqda muhojirlarga qarshi nashrlar monitoringini olib borish bilan shug‘ullanuvchi ishchi guruhni tashkil etishini e’lon qildi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar beradi.
Nemis huquqni muhofaza qilish organlarining bosimi ushbu chorani qabul qilinishiga olib keldi. Politsiyani Yaqin Sharqdan qochoqlarning ommaviy migratsiyasi munosabati bilan irqchilik kayfiyatining yuzaga kelishi tashvishga solmoqda.
“G‘oya shundan iboratki, noo‘rin mazmundagi matnlar topilib, ular iloji boricha tezroq yo‘q qilinishi zarur”, — deydi Germaniya adliya vaziri Xayko Maas.
Facebook ham ushbu chora nashrni tezroq topib, uni bloklab qo‘yish jarayonining tezlashuviga olib kelishiga ishonch bildirdi.
Izoh (0)