Kursida o‘tirgan Julian Assanj, Chelsi Menning va Edvard Snoudenning bronzadagi ko‘rinishlari BMTning Jenevadagi vakolatxonasi oldidagi maydonda qad rostladi. Ular bu yerda 18-sentabr, juma kuniga qadar turadi. Bu haqda Interfax xabar bermoqda.
“Bu ommaviy kuzatuv va yolg‘on tatbiq etilishiga yo‘q deya olgan va haqiqatni gapirishni ixtiyor etgan uch insonning shijoatiga o‘rnatilgan haykaldir”, — deya ma’lum qilgan jurnalistlarga installyatsiya muallifi, italiyalik Davide Dormino.
Qahramonlar yonida to‘rtinchi, bo‘sh kursi ham bor, muallif g‘oyasiga ko‘ra, unga nomi zikr etilgan insonlar bilan bir safda turishga tayyor bo‘lgan istalgan kishi o‘tirishi mumkin. Oldinroq bu installyatsiya Berlin va Drezdenda namoyish etilgan, sentabrda esa Parijga jo‘natilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)