Sentabr oyida biryo‘la ikki — qisman Quyosh va to‘liq Oy tutilishini kuzatish mumkin. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Rossiya astronomiya instituti matbuot kotibi Nikolay Jeleznovning ma’lum qilishicha, 13-sentabrda Quyosh 78 foizga berkiladi, uni kuzatish uchun eng qulay hududlar Antarktida, Janubiy Afrika va Madagaskardir.
28-sentabrda ro‘y berishi kutilayotgan Oy tutilishini esa Rossiyaning Yevropadagi qismi, G‘arbiy Yevropa va Afrika, ikkala Amerikaning sharqiy qirg‘oqlarida ko‘rish mumkin.
Izoh (0)