McAfee kompaniyasi asoschisi va shu nomli antivirus yaratuvchisi, amerikalik dasturchi Jon Makafi AQSh prezidentligi uchun “poyga”larda ishtirok etish niyatini bildirdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” mahalliy OAVlarga tayanib.
“Ertaga yordamchilarim meni AQSh prezidentligiga (saylovlarda qatnashish uchun) nomzod sifatida ro‘yxatga kiritish uchun zarur hujjatlarni topshiradi”, — deya e’lon qildi Makafi 7-sentabr kuni OAVlarga yuborgan elektron xatida.
U 10-sentabr, payshanba kuni Fox News telekanali orqali Oq uy uchun kurashga qo‘shilgani haqida rasman e’lon qiladi.
Dasturchi o‘z nomzodini aynan qaysi partiyadan ilgari surishi hozircha noma’lum.