Gretsiyada 20-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan muddatdan oldingi saylovlarda ishtirok etish uchun Areopagga (Gretsiya Oliy sudi) 19 ta partiya va beshta partiyaviy birlashma ariza berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Yaqin kunlarda Areopag qaysi partiyalarga saylovda ishtirok etishga ruxsat berilishi haqidagi qarorni chop etadi.
Yanvar oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda 18 ta partiya va to‘rtta saylovoldi birlashmasi ishtirok etgan edi. O‘shanda qonunchilik talablari buzilganligi tufayli uchta partiya va bir nafar mustaqil nomzodga saylovda ishtirok etishga ruxsat berilmagan edi.
Izoh (0)