Xitoyning Szyansu viloyati Yanchjou shahri shifokorlari ayolning oshqozonidan 15 santimetrli qoshiqni chiqarib oldi. Bu haqda The Shanghaiist xabar beradi.
Van sharifli xitoylik 27 yoshli ayolning so‘zlariga qaraganda, u tushlik vaqtida lag‘mon bilan birga qoshiqni ham yutib yuborgan. Hodisaning qanday yuz berganligi ma’lum qilinmadi.
Shifokorlar ayolning ichki a’zolariga shikast yetkazmasdan tibbiy asboblar yordamida qoshiqni uni oshqozonidan chiqarib olish uchun ikki soat vaqt sarfladi.
Izoh (0)