O‘zbekistonda aholi turmush tarzi farovonligini oshirish, iqtisodiy barqarorlikni saqlab turish, shuningdek, aholi, ayniqsa ayollar bandligini ta’minlash maqsadida BMT Taraqqiyot dasturi davlat tuzilmalarining ko‘magida qishloq aholisi o‘rtasida mahalliy va chet ellik mutaxassislar ishtirokidagi mahorat darslari, trening va seminarlarni tashkil etishda tashabbus ko‘rsatmoqda. Bu haqda “UzDaily.uz” xabar beradi.
Ana shunday tadbirlardan biri 27-maydan 17-iyulga qadar Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman aholisi tabiiy ipakdan qo‘lda gilam to‘qish bo‘yicha ta’lim oldi.
Marketing asoslarini o‘rgatish, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish “Samarqand-Buxoro ipak gilami” qo‘shma korxonasi mutaxassislari ko‘magida amalga oshirildi. Tez kunlarda Elbek mahallasida ushbu tashkilot bazasida, fabrika filiali tariqasida tabiiy ipakdan qo‘lda gilam to‘qish bo‘yicha studiya ochish rejalashtirilmoqda. Unda yuqoridagi kurs bitiruvchilari ish bilan ta’minlanadi.
Izoh (0)