“O‘zbekturizm” MK O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida milliy sayyohlik mahsulotlarini chet elda reklama qilishda davom etmoqda, deb yozadi UzDaily.
Euronews axborot agentligi bilan 2013-yilda o‘rnatilgan hamkorlik doirasida telekanalda sentabrdan boshlab 30 soniyalik reklama roligi namoyish etiladi, unda Samarqand, Buxoro, Xiva tarixiy yodgorliklari aks etadi. Rolik 2016-yil martiga qadar ko‘rsatiladi.
Shu bilan birga, Le Mag ruknida telekanal Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Sharq taronalari” xalqaro festivali haqidagi reportajni uzatishni boshladi.
Eslatib o‘tamiz, Euronews telekanalida O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivashaharlari haqidagi ko‘rsatuvlar namoyish qilingan edi.
Izoh (0)