O‘zbekistonda 1-sentabrdan e’tiboran meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz ekinlari va uzumni avtomobil transporti orqali eksport qilish taqiqlandi. Bu, “Norma.uz”ning yozishicha, Vazirlar Mahkamasining 28-avgustdagi qarori bilan belgilab qo‘yilgan.
Endi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilish faqat temiryo‘l va havo transportida amalga oshiriladi. Hujjatda qayd etilishicha, mazkur qaror ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlar eksportini tartibga solish, eksport qilishga doir kontraktlarni bojxonada rasmiylashtirishning yanada ochiq-oshkoraligini ta’minlash hamda ularning respublika bojxona chegarasidan noqonuniy olib o‘tilishining oldini olish maqsadida qabul qilingan.
Qarorda qayd etilishicha, 1-oktabrdan boshlab O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishda nohalol eksport qiluvchilar va ularning muassislari reyestri yuritiladi. Reyestr Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan yuritilishi qarorda belgilab qo‘yilgan.
Izoh (0)