Xitoyning Shandun provinsiyasi, Dunin shahar okrugida joylashgan Litszin uyezdidagi kimyo zavodida kuchli portlash ro‘y berdi.Hodisa oqibatida jabr ko‘rganlar va vayronagarchiliklar to‘g‘risida xabar berilmagan. Bu haqda Reuters manbalariga tayanib, “Kommersant.ru” ma’lum qildi.
Oldinroq XXR bosh prokuraturasi Tyanszin shahri ma’muriyati va portining 11 nafar vakiliga nisbatan jinoiy ish ochgani aytilgandi. Undan tashqari, ombori portlagan kompaniyaning 12 nafar vakili ham qamoqqa olingan.
Izoh (0)