29-avgust, shanba kuni Italiya shimolidagi Turin shahri atrofida kichik samolyot quladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Uning bortida uchuvchidan tashqari, 10 nafar parashyutchi bo‘lgan. Ulardan hech biri halok bo‘lmagan, ammo ayrimlari jiddiy jarohat olgan. ANSA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot texnik nuqsonlar tufayli havoga ko‘tarilganidan keyinoq qulagan.
Izoh (0)