Bolgariyaning Plovdiv shahrida taekvоndoning ITF yo‘nalishi bo‘yicha 19-jahon chempionati davom etyapti, deb xabar berdi “Olamsport”.
Musobaqada 100 ga yaqin davlatdan eng sara dayan ustalari ishtirok etyapti. Laziz Hasanov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham ushbu musobaqada ishtirok etmoqda.
Jahon chempionatining navbatdagi kungi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Behruz Saidov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Abbos Abdullajonov va Shahzod Mustafoyevlar bronza medali bilan taqdirlandi.
Izoh (0)