Ijtimoiy tarmoq uchun chiroyli suratga tushish bilan bog‘liq navbatdagi fojia Rossiyaning Qozon shahrida yuz berdi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
Ikki maktab o‘quvchisi, 17 yoshli Ruslan va 14 yoshli Valeriya avtomobil ko‘prigidan pastga qulab ketdi. Qizning pastga qulayotib, yuqori kuchlanishli simga ilinib qolishi natijasida tanasining 65 foiz qismi kuyish jarohatini oldi. Yigit esa miya va qorin sohasida og‘ir shikastlanish oldi.
Jabrlanganlar kasalxonaning jonlantirish bo‘limida bo‘lib, ularning ahvoli og‘ir ekanligi qayd etilmoqda.
Izoh (0)