“Real” yulduzi Krishtianu Ronaldu eng ko‘p yosh payti vafot etishdan qo‘rqadi. Sportchi Libero nashriga bergan intervyusida oddiy odamdek hayot tarzi kechirishga harakat qilishini ta’kidladi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“Men uchun eng qo‘rqinchli narsa — yosh paytimda o‘lib ketish, — dedi portugaliyalik. — 80—90 yoshli qariya bo‘lib, keyin vafot etishni xohlayman. Oddiy odamlardek hayot kechirishga intilaman. Hayotim oddiy o‘tadi, oilam, do‘stlarim, o‘g‘lim bilan muloqotda bo‘laman. Ertalab mashg‘ulotlarga boraman, uyga qaytgach esa oddiy odamga aylanaman”.
Izoh (0)