Dominika bosh vaziri Ruzvelt Skerrit orolda yuzaga kelgan “Erika” tropik bo‘roni 12 kishini hayotdan olib ketganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Bundan tashqari 20 kishining bedarak yo‘qolganligi qayd etilmoqda.
Skerritning so‘zlariga qaraganda, mamlakatning turli qismlaridagi aholi punktlari va yo‘llarni suv bosishiga olib kelgan kuchli bo‘ron katta ko‘lamdagi zarar keltirgan. Bosh vazir suv toshqinlari natijasida tashqi dunyodan uzilib qolgan Pti-Savanna qishlog‘idan tashvishda ekanligini ma’lum qildi.
Izoh (0)