Osiyoning eng badavlat odami, Xitoyning Dalian Wanda Group kompaniyasi sohibi va boshqaruvchisi Van Szyanlin triatlon bo‘yicha Ironman xalqaro musobaqa operatori World Triathlon Corporation’ni sotib olish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Bu haqda RBC xabar beradi.
Shartnomaning qiymati 650 million dollardan iborat bo‘lsa-da, WTS’ning yangi egasiga o‘tuvchi qarzlari bilan birga u 900 million dollarni tashkil etadi.
Shartnoma tufayli Wanda Group sport musobaqalari bo‘yicha dunyoning eng yirik operatoriga aylanadi. Van Szyanlin yil oxiriga qadar yana bir sport kompaniyasini sotib olishini ma’lum qildi.
Izoh (0)