Navoiy viloyatining Karmana tumanida yosh oilalar uchun barpo etilgan 64 xonadonga mo‘ljallangan “Kamolot” uyi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
– Yangi uylar mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan iqtidorli, tashabbuskor yosh oilalarga tijorat banklarining ipoteka krediti asosida yigirma yil muddatga, boshlang‘ich to‘lovlarsiz berildi, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Karmana tumani kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Tohir Abdurahmonov. – Milliy va zamonaviy me’morchilik uyg‘unligida bunyod etilgan ikki va uch xonadan iborat uylarda barcha sharoit yaratilgan.
Izoh (0)