Dunyodagi eng qadimiy yog‘och haykal – Ural Shigir sanamining yana 1,5 ming yilga qadimiyroq ekanligi aniqlandi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Rossiya va germaniyalik olimlarning birgalikdagi tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, Shigir sanamining yoshi 11 ming yilni tashkil etdi. Shu tariqa, uning yoshi Misr piramidalaridan ikki baravar kattaroqdir. Shuningdek, uning tilog‘ochdan ishlanganligi aniqlandi”, — deydi Sverdlovsk viloyati o‘lkashunoslik muzeyi direktori Natalya Vetrova.
Olimlarning ta’kidlashicha, bu kabi haykaltaroshlik asarlarini qadimda Yaqin Sharq fermerlari ham yaratgan.
Balandligi besh metrni tashkil etgan, ulkan Shigir sanami 1890-yilning 24-yanvarida Rossiyaning Nevyansk shahridan topilgan edi.
Izoh (0)