Butun dunyodan 50 dan ortiq ijtimoiy faol sohibjamol Belarusga “Dunyo go‘zali” tanlovida qatnashish uchun yetib keldi, deb xabar beradi “Newskaz.ru”.
26-avgust, chorshanba kuni ular Minskdagi “Belarus” mehmonxonasiga joylashdi. Kun davomida ular bir-biri bilan tanishib, norasmiy vaziyatda o‘zlarining mamlakatlari haqida so‘zlab berdi.
Yetti kun davomida ular turli tadbirlarda o‘zlarining qobiliyatlarini namoyish etadi, Markaziy botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadigan milliy liboslar namoyishida qatnashadi.
“Dunyo go‘zali” xalqaro tanlovi Minskda birinchi marta bo‘lib o‘tmoqda. Unga Bolgariya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Venesuela, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Malayziya, Malta, Meksika, Rossiya, Ukraina va boshqa davlatlardan ishtirokchilar yetib keldi.
Izoh (0)