NASA 2015-yil 24-avgust, dushanba kuni qayd etilgan kuchli Quyosh chaqnashi suratini e’lon qildi. Bu haqda "3dnews.ru" xabar bermoqda.
Tasvir NASA “Yulduz bilan hayot” dasturi doirasida 2010-yilda ishga tushirgan Quyosh dinamikasi observatoriyasi (Solar Dynamics Observatory, SDO) koinot apparati yordamida olingan. SDO bortida Quyoshning 12 xil ko‘rinishini tasvirga olishga qodir apparatura joylashtirilgan.
Qayd etilgan chaqnashga M5.6 ball berildi.
Izoh (0)