O‘zbekiston mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari doirasida O‘zbekiston Ekologik harakati tomonidan Toshkentdagi Botanika bog‘ida “Biz, barkamol yoshlar Vatan obodligi va ozodaligiga mas’ulmiz!” shiori ostida ekologik aksiya tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.
Unda deputatlar, Ekoharakat va uning “Yoshlar qanoti” faollari, ekologiya va tibbiyot sohasida faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.
Ushbu aksiyadan ko‘zlangan maqsad yosh avlodning ekologik va estetik madaniyatini yuksaltirish, ularni ona tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, poytaxt ozodaligi va obodligiga hissa qo‘shishdan iborat. Ekologik aksiya davomida mutaxassislar yoshlarga atrof-muhit musaffoligi, inson salomatligini asrashda yashil hududlarning ahamiyati, sog‘lom turmush tarzi kabi masalalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berdi.
Izoh (0)