2015-yil 24-avgustda Buyuk Britaniya Favqulodda va Muxtor Elchisi Jorj Edgar Toshkentdagi elchixonada o‘zbekistonlik mutaxassislarni qabul qildi, ularga Chevening stipendiya dasturi bo‘yicha Britaniya universitetlarida o‘qish uchun sertifikatlar topshirildi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Bu yil murakkab tanlov bo‘yicha saralashdan so‘ng davlat, xususiy va notijorat sektorlarida ishlaydigan o‘zbekistonlik sakkiz nafar mutaxassis Chevening stipendiyasi sohibiga aylandi. G‘oliblar Buyuk Britaniyaning London, Nottingem, Birmengem, Kardiff, Esseks va Reding kabi oliy ta’lim muassasalarida magistrlik dasturlari bo‘yicha o‘qiydi.
Elchi Edgar yangi stipendiatlarni tanlovda muvaffaqiyatli qatnashgani bilan tabriklab, ularga ushbu OTMlarda o‘qish uchun sertifikatlar topshirdi.
Izoh (0)