O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi nishonlanishi munosabati bilan dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi, deb xabar beradi O‘zA.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:
2015-yil 29-avgust, shanba dam olish kuni 2015-yil 31-avgust, dushanba kuniga ko‘chirildi.
O‘z navbatida, 2015-yil 29-avgust, shanba kuni ish kuni deb e’lon qilindi.
Izoh (0)