Kanadaning g‘arbiy provinsiyasi — Albertada 21-avgust, juma kuni kutilmaganda birinchi qor yog‘di, deya xabar bermoqda “TASS” Milliy meteorologiya xizmatiga tayanib. Qor tushishi provinsiyaning eng yirik megapolisi — Kalgari yaqinidagi tog‘li hududda kuzatilgan.
Qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilikka muzli front sabab bo‘ldi, tog‘larda haqiqiy qish ob-havosi sezildi.
Qor kunduz kuni boshlanib, kechgacha yog‘di va ba’zi joylarda yog‘ingarchilik miqdori 18 millimetrga yetdi. Shu bilan birga, havo harorati Selsiy bo‘yicha 20 darajadan 2—5 darajagacha keskin ravishda tushib ketdi.
Izoh (0)