Germaniya federal razvedka xizmati (BND) o‘z agentlarining shartli nomlaridan voz kechishni rejalashtirmoqda. “Kommersant.ru”ning yozishicha, xizmatning qariyb 6,5 ming xodimi BND’ni o‘z ish joyi sifatida rasman ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.
Mazkur o‘zgarishlar BND faoliyatini yanada shaffoflashtirishga qaratilgan tashabbus bilan bog‘liq bo‘lib, maxsus xizmat rahbari Gerxard Shindler tomonidan imzolangan hujjatda qayd etilishicha, bu BND’ning “qayerda o‘zini ochiqlashi mumkin bo‘lsa, o‘sha yerda ochilishiga” yordam beradi.
Spiegel’ning yozishicha, “ionosferalar instituti” kabi o‘ylab topilgan nomlar ostida faoliyat yuritgan BND’ning chet eldagi bo‘linmalari 2014-yildan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri Germaniya razvedkasining idorasi deb atala boshlangandi.
Izoh (0)