Shu kunlarda “Maroqand−Qarshi” temiryo‘l uchastkasini elektrlashtirish ishlari yakunlanib, 22-avgust kuni “Afrosiyob” tezyurar poyezdi “Toshkent−Samarqand−Qarshi” yo‘nalishida yo‘lga chiqishiga imkon paydo bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar berdi.
“Maroqand−Qarshi” va “Qarshi−Termiz” temiryo‘l uchastkalarini elektrlashtirish ishlari 2012-yil bahorida boshlangan edi. Uzunligi 140,8 kilometr bo‘lgan elektrlashtirilgan “Maroqand−Qarshi” temiryo‘l uchastkasi O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi arafasida foydalanishga topshirilmoqda.
Hozirgacha 511 kilometrlik “Toshkent−Qarshi” yo‘nalishini yo‘lovchi poyezdlar 6 soatda bosib o‘tgan bo‘lsa, endi “Afrosiyob” poyedlarida ushbu vaqt 3 soatni tashkil etadi. Yo‘lovchi va yuk tashishga mo‘ljallangan Xitoydan keltirilgan elektr poyezdlarda esa safar vaqti 4 soatdan iborat bo‘ladi. Elektrlashtirilgan “Maroqand−Qarshi” temiryo‘l uchastkasida poyezdlar 160 kilometr/soat tezlikda harakatlana oladi.
Izoh (0)