Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (IAAF) oyog‘iga protez o‘rnatilgan amputant-sportchilarning mazkur tashkilot bayrog‘i ostida o‘tkazilayotgan musobaqalarda ishtirok etishini taqiqladi. Bu haqda “DeMorgan.be” xabar bermoqda.

Foto: Global Look

Foto: Global Look

Amaldorlarning fikricha, protezlardan foydalanish sportchilarga ustunlik berishi mumkin. Qaror shu yilning noyabr oyidan kuchga kiradi. IAAF bosh kotibi Essar Gabrielning umid bildirishicha, protezli sportchilar alohida ligada musobaqalashishadi.

Eng mashhur amputant-sportchi janubiy afrikalik Oskar Pistorius hisoblanadi, hozirgi vaqtda u dugonasi Riva Stenkampni o‘ldirgani uchun jazo muddatini o‘tamoqda.

Har ikkala oyog‘i tizza ostidan kesib tashlangan Pistorius protez oyoqlarda yengil atletika bo‘yicha 2011-yilgi jahon chempionati kumush medalni qo‘lga kiritgandi, shuningdek, 2012-yilgi Olimpiadada qatnashgandi. U Paralimpiya o‘yinlarining olti karra chempioni hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi