Ispaniya chempionati rahbariyati bir nechta uchrashuvlarni 2016-yilning 3-yanvaridan 2015-yilning 31-dekabriga ko‘chirdi, deya xabar beradi “Stadion.uz”.
Mazkur qaror tufayli musobaqa uchrashuvlari 15-may kuni nihoyasiga yetadi. Bu Ispaniya terma jamoasining Yevro—2016 musobaqasiga yetarli darajada tayyorlanishiga imkon beradi.
Ispan jamoalari oxirgi marta 25 yil avval 31-dekabr kuni o‘yin o‘tkazgan. Bu galgi uchrashuvlar 31-dekabr, soat 18:00 ga belgilangan.
Izoh (0)