Misr hukumati 17-avgust, dushanba kuni ikki oy ichida birinchi marta G‘azo sektori chegarasidagi “Rafax” nazorat-o‘tkazish punkti faoliyatini ishga tushirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Har ikkala tomonga to‘rt kun mobaynida ushbu punktdan o‘tishga ruxsat berildi.
Punkt direktori Holid Ash-Shaelning so‘zlariga qaraganda, asosan, talabalar va tibbiy yordamga muhtoj odamlardan iborat 20 mingga yaqin kishi G‘azo sektoridan chiqish uchun ariza bergan.
Izoh (0)