Janubiy Koreyaning Daewoo va Hyundai kompaniyalaridan iborat konsorsium Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi uchun yangi bug‘-gaz qurilmasi qurilishini 2015-yil 3-choragida yakunlaydi, deb xabar bermoqda UzDaily.
2013-yil martida Daewoo va Hyundai tender natijalariga ko‘ra, “O‘zbekenergo” AJ bilan Talimarjon issiqlik elektr stansiyasida 861 million dollarlik modernizatsiya ishlarini o‘tkazish bo‘yicha imzolagan edi. Uning shartlari 450 MVt quvvatiga ega ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurib, tayyor holatda topshirishni nazarda tutadi. Bug‘-gaz qurilmasini Yaponiyaning Mitsubishi Corporation kompaniyasi yetkazib beradi.
Umumiy qiymati 1,28 milliard dollar bo‘lgan loyiha Osiyo taraqqiyot bankining 350 million dollarlik, Yaponiya xalqaro taraqqiyot agentligi (JICA)ning 300 million dollarlik, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 250 million dollarlik kreditlari va “O‘zbekenergo”ning o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilmoqda.
Izoh (0)