15-avgust — O‘zbekiston havo floti kunida sobiq Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi hududida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan bayram bekor qilindi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.
Bu haqda nashrga tadbir tashkilotchilari ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 15-avgust kuni soat 7:00 dan 12:00 gacha turli tadbirlar — aviatsiya texnikasi, qurollari va aviamodellar ko‘rgazmasi, shuningdek, konsert bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.
Izoh (0)