Xitoy poytaxti Pekinda pichoq bilan qurollangan noma’lum erkak savdo markaziga tashrif buyurganlarga hujum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Natijada bir nafar XXR fuqarosi halok bo‘ldi, fransiyalik fuqaro yaralandi. Hodisa 13-avgust, payshanba tongida Chaoyan hududidagi Sanlitun ko‘chasida joylashgan savdo markazida sodir bo‘ldi.
Politsiya bosqinchini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. U Szilin viloyatida yashovchi 25 yoshli erkak bo‘lib chiqdi.
Politsiya hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi.
Izoh (0)