AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter jigar saratoni bilan kasallangan. Xastalik alomatlari jigarda o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida ayon bo‘lgan. Bu haqda Karterning vakillariga tayanib, NBC telekanali ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”
AQSh prezidenti Barak Obama Karterga tezroq sog‘ayishini tiladi. Bemorning o‘zi esa yaqin orada Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi kasalxonada davolanishga kirishishini ma’lum qilgan.
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Jimmi Karter 90 yoshga kirdi, u 1977—1981-yillarda davlat rahbari bo‘lgan.
Izoh (0)