Ispaniyaning Gvadalaxara viloyatidagi xususiy aerodrom yaqinida kichikroq samolyotning qulashi natijasida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Eurointegration.com.ua” xabar beradi.
Halokat 19:00 atrofida, xususiy aerodrom yaqinidagi aholisi kam hududda sodir bo‘ldi.
Aerodrom vakilining ma’lum qilishicha, samolyot aerodromga qaytayotganda qandaydir muammo yuzaga kelgan.
Hozirgi paytda samolyotning qulashiga olib kelgan sabablarni aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)