Xitoy Markaziy banki ketma-ket uchinchi kun yuanning dollarga nisbatan kursini 1 foizdan oshiqroqqa tushiryapti: 13-avgust, payshanba kuni yuanning dollarga nisbatan o‘rtacha kursi 6,4010 darajasida belgilandi, bu esa bir kun avvalgiga qaraganda 1,1% past. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Xitoy valyutasi uzoq muddat davomida dollar uchun 8,3 yuan darajasida turdi, biroq 2005-yil yozidan boshlab mustahkamlana boshladi. 2008-yil kuzidan e’tiboran bir yil davomida 6,8 yuan holatida turdi, shundan keyin esa yana ko‘tarila boshladi.
2014-yil yanvarida bu ko‘rsatkich rekord darajaga chiqdi: o‘shanda dollar uchun 6 yuan berilayotgan edi.
Izoh (0)