Anjelina Joli Afg‘onistonda toliblar hukmronligi yillaridagi hayot aks etgan “Boquvchi” animatsion filmiga prodyuserlik qiladigan bo‘ldi. Uni “Kells siri” animatsion filmi orqali tanilgan irlandiyalik ayol rejissor Nora Tvomi suratga oladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Boquvchi”da otasi hibsga olingani tufayli oilasini ta’minlash uchun o‘zini o‘g‘il bola ko‘rsatib, pul topishga majbur bo‘lgan 11 yoshli afg‘on qizi Parvonaning taqdiri hikoya qilinadi.
Film Debora Ellisning 2000-yilda bosilib, ingliz tilining o‘zida qirqdan oshiq qayta nashr etilgan shu nomli romaniga asoslangan.
Izoh (0)