Gollivud aktyori Stiven Sigal Rossiya tarkibidagi Yoqutiston Respublikasining Mirniy shahriga yetib keldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” “YaSIA” axborot agentligiga tayanib.
Stiven Sigalning Yoqutistonga tashrifidan rasmiy maqsad olmos qazib oluvchi “ALROSA” korxonasining texnik, ijtimoiy-iqtisodiy darajasini baholash bilan bog‘liq.
Biroq Gollivud yulduzining Yoqutistonga safari shaxsiy xususiyatga ham ega. “Sigal Yoqutistonda o‘z urug‘larini qidirmoqda”, — deyiladi maqolada.
Sigal aytishicha, uning ota tomonidan bobosi Rossiyadagi mintaqalardan birida tug‘ilib, XX asr birinchi yarmida esa AQShga ko‘chib ketgan.
O‘z qarindoshlarini qidirib, aktyor Qozog‘iston, Qalmog‘iston, Tiva Respublikasini ham kezib chiqqan.