AQShda afroamerikalik Maykl Braun o‘limining bir yilligi munosabati bilan yuzaga kelgan norozilik namoyishlari tufayli Sent-Luis okrugi rahbari Stiven Stenjer favqulodda vaziyat e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Fergyusonda o‘tgan kecha yuzaga kelgan zo‘ravonlik va tartibsizliklar kishilar va ularning mol-mulki uchun xavfni yuzaga keltirganligi sababli okrug rahbari vakolatlarimdan foydalanib, shu ondan kuchga kiruvchi favqulodda vaziyat holatini joriy etaman”, — deb ta’kidladi Stenjer.
Izoh (0)