Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) rossiyaliklarni Yevropadagi eng samarasiz xodimlar deb topdi: mehnat unumi bo‘yicha (bir ish soati hisobida YaIM —yalpi ichki mahsulot ulushi) Rossiya soatiga 25,9 dollar ko‘rsatkich bilan Yevropa davlatlari orasida oxirgi o‘rinni egalladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Shu bilan birga, rossiyaliklar ish joyida yiliga o‘rtacha 1982 soat vaqtini o‘tkazadi — bu Yevropadagi ikkinchi ko‘rsatkich. Ulardan ko‘proq greklar mehnat qiladi, xolos — yiliga 2034 soat (bu mamlakatda 1 ish soatida YaIM ulushi 36,2 dollarga teng).
Yevropaliklar yiliga o‘rtacha 1555 soat ishda bo‘ladi, ularning ish unumi soatiga 55,9 dollarni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, amerikaliklar yiliga o‘rtacha 1790 soat mehnat bilan band, ularning ish unumdorligi soatiga 67,4 dollardan iborat.
Izoh (0)