Sudanda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 20 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jabrlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Mahalliy hukumatning ma’lum qilishicha, odamlarni olib ketayotgan ikki yuk mashinasi mamlakat poytaxti Xartumdan 240 kilometr masofadagi Um Al-Hasan hududida to‘qnashib ketdi. Hodisa natijasida 19 kishi halok bo‘ldi.
“Yuz bergan hodisa natijasida 13 nafar erkak, ikki bola va to‘rt nafar ayol qurbon bo‘ldi”, — deydi Al-Daba shahridagi kasalxona direktori Ahmad Abdin.
Izoh (0)