Koreya Respublikasining Birlashish masalalari vazirligi rasmiy vakili Chon Yun Xi KXDRning yangi vaqtga o‘tish rejasi har kuni Janubiy va Shimoliy Koreya chegarasini kesib o‘tuvchi Keson sanoat majmuasi xodimlari uchun qiyinchiliklar tug‘dirishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Qiyinchiliklar Keson sanoat majmuasining faoliyati bilan bog‘liq ikki tomonlama almashinuv sohalarida, ayniqsa, logistika sohasida yuzaga keladi. Uzoq muddatli istiqbolda esa bu Koreya integratsiyasiga, birlashuv jarayoniga, Janub va Shimolning birligini tiklash harakatlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin”, — dedi Chon Yun Xi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir paytlar Janubiy Koreya ham Yaponiyanikidan farq qiluvchi vaqtga o‘tishni rejalashtirilgan, biroq qator salbiy jihatlari borligi bois, ushbu g‘oyadan voz kechilgan. “Koreya Respublikasining vaqt mintaqasini tanlashi mustamlaka davri tarixi bilan emas, balki amaliy ehtiyojlar bilan, jumladan, elektr energiyasini tejash zarurati bilan bog‘liq”, — dedi u.
Izoh (0)