Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Tojikistonda alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi uchun kredit ajratadi, deya xabar bermoqda “News.tj”.
44,7 million yevro hajmidagi kredit Turkiyaning Coca-Cola Icecek kompaniyasining Tojikistondagi sho‘basi hisoblangan Coca-Cola Beverages Tajikistan’ga Dushanbe shahrida yangi zavod qurish uchun taqdim etiladi.
Eng zamonaviy texnika bilan ta’minlanadigan zavod yiliga 100 million litrgacha alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishi kutilmoqda.
Qayd etish joiz, Coca-Cola Icecek kompaniyasi Qozog‘iston va Turkmaniston bozoriga kirishda ham YeTTB bilan hamkorlik qilib, salmoqli muvaffaqiyatga erishgan. Kompaniyaning eng asosiysi egasi Anadolu Efes guruhi hisoblanadi.
Izoh (0)