Kolumbiya politsiyasi Bogota aeroportida oshqozonida 38,5 ming dollarni olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Politsiya vakillarining ma’lum qilishicha, 39 yoshli kolumbiyalik dizayner ayol Bogotaga Mexikodan uchib kelgan. Tibbiy muolajalardan so‘ng uning tanasidan 64 ta kapsula chiqarib olindi. Ularning har birida 100 dollarlik kupyuralar bo‘lgan.
Izoh (0)