O‘tgan yilgi urushdan qolib ketgan Isroil bombasi G‘azo sektorida portlab ketishi oqibatida to‘rt nafar falastinlik halok bo‘ldi, o‘ttizga yaqin kishi jarohatlandi, ulardan ayrimlarining holati og‘ir darajada. Bu haqda mahalliy sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Ashraf al-Kidra ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Portlash o‘tgan yil yozida Isroil aviatsiyasi va artilleriyasi tomonidan shiddatli zarbalar berilgan Rafax shahrida, vayron bo‘lgan uy tozalanayotganda sodir bo‘lgan.
Izoh (0)