Kanadaning Martin Prosperity Institute muassasasi tomonidan tuzilgan Global Creativity Index—2015 (Global yaratuvchanlik indeksi) reytingida O‘zbekiston 100-pog‘onani egalladi, deb xabar bermoqda UzDaily.
139 davlat bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotda mamlakatlar iste’dodlar, texnologiyalar va tolerantlik bo‘yicha baholandi. Tolerantlik yo‘nalishida davlatlarning innovatsiyalarga, yangi g‘oyalarga ochiqligi baholangan.
O‘zbekiston umumiy ro‘yxatda 100, texnologiyalar bo‘yicha 74, iste’dodlar bo‘yicha 111, tolerantlik bo‘yicha 64-o‘rinni egallagan. Reytingda dastlabki pog‘onalardan Avstraliya, AQSh, Yangi Zelandiya, Kanada, Daniya, Finlyandiya, Shvetsiya, Islandiya, Singapur, Niderlandiya o‘rin olgan.
Izoh (0)