Navoiy viloyatidagi “Matbuot uyi”da viloyat hokimligi tashabbusi bilan “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturining ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi, deya xabar bermoqda “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasi.
Anjumanda ta’kidlanishicha, joriy yilning o‘tgan davrida kasaba uyushmalari va ish beruvchilar tomonidan 392 nafar keksaga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, uy-joyini ta’mirlash, kommunal xizmatlarga haq to‘lash ko‘rinishlarida jami 34 million 851 ming so‘mlik ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi.
Navro‘z bayrami hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Nurota tumanidagi “Muruvvat uyi”da yashovchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 3 million 500 ming so‘m mablag‘ sarflandi. 36 nafar 1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriysi kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda sog‘lomlashtirildi.
Keksalarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash, ularga yordam berish maqsadida, 1500 nafar keksaning yashash joyidagi maishiy sharoitlari yaxshilandi. 96 nafar nuroniyning tug‘ilgan kunlari tantanali nishonlandi. Bu tadbirlarga 420 nafar patronaj yoshlar jalb qilindi.
Izoh (0)