12 yoshli britaniyalik maktab o‘quvchisi Nikol Barr o‘zining aqliy iste’dod koeffitsiyenti ko‘rsatkichi bo‘yicha Albert Eynshteyn va Stiven Xokingni ikki ballga ortda qoldirdi. Uning aqliy iste’dod koeffitsiyenti ko‘rsatkichi 162 ballni tashkil etdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Bunday ko‘rsatkich Nikolni sayyoraning eng aqlli kishilari bilan bir qatorga qo‘yadi.
“U juda, juda mehnatsevar. Darslardan so‘ng uzaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashadi va shu kungacha biror kunni qoldirmadi”, — deydi qizning onasi. Uning so‘zlariga qaraganda, Nikol kelajakda bolalar shifokori bo‘lishni rejalashtirgan.
Manbada ta’kidlanishicha, katta odamning o‘rtacha aqliy iste’dod koeffitsiyenti ko‘rsatkichi 100 ballni tashkil etadi. 140 balldan yuqori ko‘rsatkichga erishgan kishi esa daho sanaladi.
Izoh (0)