Qozog‘istonning Chimkent shahrida 1-avgust kuni, kechki payt noxush hodisa yuz berdi. Ayol kishi beshinchi qavatning derazasidan qulab tushdi, deb xabar beradi “Zakon.kz”.
“Men uning uyiga xonalarni yig‘ishtirish xizmati yuzasidan borgan edim. Uy egasi mast holatda edi. Uyni yig‘ishtirib bo‘lganimdan so‘ng, u menga tajovuz qilmoqchi bo‘ldi. Men unga qarshilik ko‘rsatganimdan keyin, u meni ura boshladi. Derazaning yoniga borib, u yerdan o‘zimni tashlash bilan uni qo‘rqitmoqchi bo‘ldim. Shunda u meni derazadan itarib yubordi”, — deydi jabrlanuvchi.Yiqilib tushgan ayolning umurtqa pog‘onasiga shikast yetganligi sababli, uning asab tizimi faoliyati buzilgan.
Izoh (0)