Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning 31-iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani, “Bildirsoy” dam olish maskani dor yo‘li (kanatka) kutilmaganda to‘xtab qolishi oqibatida 50 ga yaqin bolalar, ayollar va katta yoshli dam oluvchilar dor yo‘lida bir muddat qolib ketdi, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Foto: mchs.gov.uz

Foto: mchs.gov.uz

Ayni tasodifga ko‘ra, joriy yilning 27—31-iyul kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan “Qutqaruvchilar respublika ko‘pkurash musobaqalari” o‘tkazilayotgani sababli, musobaqada ishtirok etayotgan barcha qutqaruv otryadlari yuz bergan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilindi.

Foto: mchs.gov.uz

Foto: mchs.gov.uz

Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Aripov Mersaidovich boshchiligida voqea joyiga vaqtida yetib borgan qutqaruvchilar tez fursatda dor yo‘lida qolib ketgan dam oluvchilarni evakuatsiya qildi.

Foto: mchs.gov.uz

Foto: mchs.gov.uz

Foto: mchs.gov.uz

Foto: mchs.gov.uz

Xabarda ta’kidlanishicha, yuz bergan favqulodda vaziyat oqibatida jarohat olganlar, shikastlanganlar bo‘lmadi.

Foto: mchs.gov.uz

Foto: mchs.gov.uz

Foto: mchs.gov.uz

Foto: mchs.gov.uz

Vazirlikning Shaxsiy tarkib bilan ishlash va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘limi xizmatchisi A.Nizamov tomonidan jabrlanganlarga zarur psixologik yordam ko‘rsatildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Kasseta mojarosi” — Ukraina prezidenti kabinetiga o‘rnatilgan diktofon, Antarktidaga uchgan samolyot halokati va Tehron konferensiyasining boshlanishi. Kun xronol...
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 137 kishida koronavirus aniqlandi
Dunyo
To‘qayev Putinning taklifi bilan Moskvaga bordi